Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTda IShID jangarilari Suriya va Iroqni tark etmoqchiliklari ma'lum qilindi
IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari Suriya va Iroqni tark etishga urinishmoqda va o‘z moliyaviy vositalarini boshqa hududlar, jumladan Janubiy Sharqiy Osiyoga o‘tkazmoqdalar, deb aytdi BMT Xavfsizlik kengashining aksilterrorchilik sanksiyalari qo‘mitasi raisi Qayrat Umarov.
"Xorijiy terrorchi jangarilar Iroq va Suriyani qochqinlar sifatida tark etishga urinmoqda va shu tariqa jahon hamjamiyatiga yangi xavflar tug‘dirmoqda", deb aytdi 4 oktabrda Krasnodarda o‘tgan, xorijiy davlatlar xavfsizlik organlari, maxsus xizmatlari va huquq-tartibot idoralari rahbarlari – Rossiya Federal xavfsizlik xizmati hamkorlari yig‘ilishida Umarov.
BMT Xavfsizlik kengashining IShIDga qarshi sanksiyalar qo‘mitasining monitoring guruhi ma'lumotlariga ko‘ra, Umarov "IShID Suriya va Iroqdagi moliyaviy vositalarini ixtilof hududida harbiy mag‘lubiyatga tayyorlanish va o‘z faoliyatini dunyoning boshqa joylarida davom ettirish uchun boshqa mintaqalarga o‘tkazishga harakat qilmoqda".
Umarovning aytishicha, IShID bilan bog‘liq kuchlarning Afg‘onistonda haddan ziyod ko‘pligi va kuchaytirilishi Afg‘oniston bilan qatorda mintaqa davlatlari, jumladan Markaziy Osiyo xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi.
"IShID tomondan bildiriluvchi global tahdid yangi shakllarni qabul qilib, o‘zgarmoqda", deb o‘z so‘zlarini nihoyalagan Umarov.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
20:00 / 09.06.2026