Sport | 11:10 / 06.10.2017
9761
1 daqiqa o‘qiladi

Argentina martdan buyon gol ura olmayapti

Argentina 2018 yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichi doirasida Peru darvozasini ishg‘ol eta olmadi (0:0).

Xorxe Sampaoli shogirdlari turnirning 4 o‘yinida gol ura olmayapti, ular bu o‘yinlarda yo‘llagan 73 zarbaning birontasi golga aylanmagan (21ta zarba – darvozaga aniq borgandi). Oldingi turda Venesuela bilan o‘yinda (1:1) raqiblar futbolchisi avtogol muallifi bo‘lgandi.

Argentina oxirgi marta 25 mart kuni Chili darvozasini ishg‘ol qilgandi, o‘shanda Lionel Messi jamoaga 1:0 hisobidagi g‘alabani keltirgandi.

Keyin Argentina Boliviya bilan o‘yinda yutqazdi (0:2), Urugvay bilan durang o‘ynadi (0:0).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid