Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV tekshiruvlarni qanday o‘tkazadi?
Vazirlar Mahkamasining 19.09.2017 yildagi 744-son qarori bilan Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
FVV davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Bunda uning quyidagi mansabdor shaxslari davlat nazoratini amalga oshiradi:
• vazir va uning o‘rinbosarlari;
• FVV markaziy apparatining boshqarma, xizmat, inspeksiya va bo‘limlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, ofitserlari va mutaxassislari;
• hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, ofitserlari, bosh inspektorlari va mutaxassislari;
• «Davsuvxo‘jaliknazorat» davlat inspeksiyasi boshlig‘i, boshliq o‘rinbosari, mutaxassislari va hududiy inspektorlari.
Mazkur holatda davlat nazorati 3 xil shaklga ega.
1 – aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini tekshirish.
Tekshiruvlar ham o‘z navbatida uch turda bo‘ladi.

Tekshiruvchilar attestatsiyadan o‘tgan bo‘lishi va tekshirishlarni o‘tkazishga qo‘yilishi to‘g‘risidagi maxsus guvohnomaga ega bo‘lishi kerak. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi bilan qo‘shimcha ravishda kelishmagan holda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish hamda tabiiy, texnogen, terroristik-qo‘poruvchilik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 13.12.1999 yildagi 528-122-son va 4.06.2002 yildagi 195-38-son qarorlari bilan ro‘yxati tasdiqlangan obektlarda fuqaro muhofazasi talablariga amal qilinishi masalalari yuzasidan tekshirishlar amalga oshiriladi.
2 – ishlab chiqarish obektlari va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan obektlar bo‘yicha ishlab chiqilgan qaror va loyihalarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi talablariga mos kelishi yuzasidan davlat ekspertizasi o‘tkazilishida ishtirok etish.
Quyidagilar davlat ekspertizasi obektlari hisoblanadi:
• davlat dasturlari, konsepsiyalari, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani rivojlantirish hamda ularni joylashtirish sxemalari loyihalari;
• loyihaoldi va loyiha hujjatlari;
• shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari;
• xavfli ishlab chiqarish obektlarining xavfsizlik deklaratsiyalari;
• maxsus huquqiy rejimli obektlar.
Ushbu holatda loyihalar va qarorlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi va shaharsozlik hujjatlarida hamda quriladigan obektlar loyihalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tadbirlarning asoslanganligi va to‘liqligi aniqlanadi.
3 – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish.
Kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari buzilishini aniqlash va bartaraf etish maqsadida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi akvatoriyalarida plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish, shuningdek fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish tartibi to‘g‘risida nizomga (20.05.2016 yildagi 164-son VMQga 1-ilova) muvofiq kichik hajmli kemalar — asosiy dvigatellarining quvvati 55 kVt dan kam bo‘lgan va 12 kishidan kam yo‘lovchi sig‘adigan o‘ziyurar kemalar, dvigatellarning quvvati va sonidan qat'i nazar, ko‘tarma motorli kemalar, suv mototsikllari (gidrosikllar), o‘zi suzmaydigan kemalar va 80 registr tonnadan kam sig‘imli boshqa suzuvchi obektlar, havo to‘ldirilgan motorsiz, eshkakli qayiqlar.
Kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari buzilishini aniqlash va bartaraf etish reyd tartibidagi nazoratda amalga oshiriladi. Reyd tartibidagi nazoratni amalga oshirish tartibi va muddatlari FVV tomonidan belgilanadi.
Davlat nazorati natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma asosida ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuziladi, u boshqa hujjatlar bilan birga ma'muriy sudga yuboriladi.
Ma'lumot uchun: Kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish qoidalarini buzish MJtKning 119-moddasi bo‘yicha fuqarolar uchun EKIHning 1/2 baravarigacha va mansabdor shaxslar uchun EKIHning 1 barobarigacha miqdorda jarima bilan jazolanadi. Kichik hajmli kemalar va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish esa xuddi shu modda bo‘yicha fuqarolar uchun EKIHning 1 baravarigacha va mansabdor shaxslar uchun EKIHning 2 baravarigacha miqdorda jarima bilan jazolanadi.
Hujjat 2018 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
13:14 / 14.06.2026
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
09:30 / 09.06.2026
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
17:18 / 08.06.2026