Jahon | 07:57 / 06.10.2017
21188
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh boshchiligidagi koalitsiya Bashar Asad qo‘shinlariga zarba berdi

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya jangovar samolyotlari Bashar Asad qo‘shinlari va eronlik ko‘ngilli askarlar karvoniga zarba berdi, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi. 

Suriya ozodlik armiyasi tarkibiga kiruvchi guruhlardan birining vakili Said Saifning aytishicha, aviazarba Iordaniya chegarasi yaqinidagi AQShning "Tanif" harbiy bazasidan 13 km uzoqlikda joylashgan "Kabab" lageri tomon ketayotgan harbiylarga berilgan.

Ta'kidlanishicha, zarba berishdan avval koalitsiya aviatsiyasi ogohlantiruvchi o‘q uzgan. Biroq karvon yo‘lida davom etavergan.

"Bombardimon oqibatida halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor, qatta miqdorda harbiy texnika yo‘q qilingan", deb aytgan Saif.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid