Vladimir fojiasi: poyezd o‘z yo‘lida davom etdi

Foto: Vladimir viloyati politsiyasi
Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temir yo‘l kesishmasida avtobus bilan to‘qnashib ketgan hamda ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan poyezd o‘z yo‘lida davom etdi. Bu haqda RIA Novosti mintaqa gubernatori matbuot kotibi Rita Shlyaxovaga asosan xabar tarqatdi.
6 oktabrga o‘tar kechasi Vladimir viloyatining Petushinsk tumani Pokrovka stansiyasi yaqinidagi temir yo‘l kesishmasida avtobus va "Sankt-Peterburg — Nijniy Novgorod" yo‘nalishidagi poyezd to‘qnashuvi yuz berdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 19 kishi halok bo‘lgan, shu jumladan yosh bola ham. Voqea sodir bo‘lgandan so‘ng besh kishi kasalxonaga yotqizildi, ularning to‘rt nafari jonlantirish bo‘limida.
"Transport departamenti direktori ma'lumotiga ko‘ra, YTHga uchragan poyezd yo‘lga chiqqan. Poyezd mashinisti jabrlanmadi, kabina biroz zarar ko‘rdi", - degan agentlik suhbatdoshi.
“Rossiya temir yo‘llari”dan ta'kidlashlaricha, "Sankt-Peterburg – Nijniy Novgorod" yo‘nalishidagi 60-sonli poyezd tergov harakatlari tugaganidan so‘ng, Moskva vaqti bilan soat 10:47da o‘z yo‘li bo‘ylab davom etgan. Poyezdning kechikishi 7 soatu 6 daqiqani tashkil qildi. "Rossiya temir yo‘llari” dispetcherlar apparati poyezdning jadval bo‘yicha kechikishini kamaytirish uchun barcha ishni qilmoqda. Hozirgi paytda vagon-restoranda yo‘lovchilar uchun issiq ovqat tashkil etilgan. Poyezd yo‘lovchilari, poyezd va lokomotiv brigadasi YTH oqibatida jabrlanmadi", - deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroparlamentda AQShdan Ozodlik haykalini Fransiyaga qaytarish talab qilindi
Jahon | 12:28
-
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
O‘zbekiston | 12:21
-
Yuzlab insonlarni chuv tushirgan avtolizingchilarga hukm o‘qildi
Jamiyat | 12:20
-
Milanda Aleksey Navalniyga yodgorlik o‘rnatildi
Jahon | 12:15
Mavzuga oid

11:10 / 26.12.2024
Vladimir oblastida haydovchi harbiy komissarlikka borib urildi

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024