Jahon | 09:39 / 07.10.2017
8960
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat departamenti Saudiyaga RQM tizimlarini 15 mlrd. dollarga sotishni ma'qulladi

Foto: Reuters

AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga THAAD raketalarga qarshi komplekslarini 15 milliard dollar evaziga yetkazib berishni ma'qulladi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligining mudofaa hamkorligi va xavfsizlik Boshqarmasi xabarnomasida ma'lum qilindi.

Aniqlik kiritilishicha, Ar-Riyod Pentagondan 44 ta uchirish qurilmasi, 360 ta THAAD Interceptor raketalari, 16 ta mobil taktik boshqaruv va aloqa punktlari, shuningdek, yettita AN/TPY-2 THAAD radari borasida murojaat qilgan. Bundan tashqari, yuqoridagi mablag‘ ichiga ehtiyot qismlari, uchirish qurilmalarini olib yurish uchun 43 ta yuk mashinasi, generatorlar, ta'mirlash uskunalari, yo‘riqnomalar va texnik hujjatlar kiradi.

Shuningdek, bu pullar uchun harbiy mutaxassislar ushbu uskunada ishlash bo‘yicha mahalliy operatorlarni o‘qitishlari kerak bo‘ladi. 

Pentagondan aytishlaricha, Saudiya Arabistoniga ushbu tizimlarni sotish mintaqadagi kuch muvozanatini o‘zgartirmaydi. Alohida ta'kidlanishicha, Davlat departamentining ma'qullashi so‘nggi qadam emas va bitim tuzish fakti haqida gapirish imkonini bermaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid