Jahon | 23:07 / 07.10.2017
4651
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an keyingi haftada Serbiyaga safar uyushtiradi

Foto: RIA Novosti / Mixail Klimentev

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 9-11 oktabr kunlari Serbiyaga rasmiy tashrif amalga oshiradi.  Bu haqda Erdo‘g‘an matbuot xizmati ma'lum qildi.  

"Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukrainaga tashrifi tugagach, 9-11 oktabr kunlari Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich taklifi bilan Serbiyaga rasmiy tashrif bilan keladi. Tashrif vaqtida ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish bo‘yicha turli kelishuvlar imzolanadi, Turkiya-Serbiya ishbilarmon forumi bo‘lib o‘tadi", deyilgan xabarda.     

Ta'kidlanishicha, Erdo‘g‘an Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va parlament raisi Mayya Goykovich bilan muzokaralar o‘tkazadi hamda Novi-Pazar shahriga tashrif buyuradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid