Jahon | 07:46 / 07.10.2017
5921
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Kubadan sanksiyalar qanday shartda olinishini aytib o‘tdi

Foto: AFP

Vashington Kubaga nisbatan sanksiyalarni Gavana o‘z fuqarolari erkinliklarini ta'minlamaguncha bekor qilmaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Ispan merosi haftaligiga bag‘ishlangan tadbirda aytib o‘tdi.

"Biz Kuba va Venesuelada yaxshi odamlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qat'iy choralar ko‘rdik. Biz Gavana Kuba xalqi uchun to‘liq siyosiy erkinlikni ta'minlamaguncha Kuba tuzumidan sanksiyalarni olmaymiz", deb aytgan Tramp. Tramp G‘arbiy yarimshar "hurlik va farovonlikda" yashashiga umid bildirdi.

Tramp "sotsialistlar tomondan tahqirlashlarga uchrayotgan Venesuela xalqini qo‘llab-quvvatlashini" aytgan. Tramp o‘z nutqida sotsialistik va kommunistik mafkurani keskin tanqid qilgan.

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Kubani yakkalash siyosati natija bermagani sabab, 2014 yil dekabrda u bilan munosabatlar yaxshilanishini e'lon qilgan.

Biroq Tramp Kuba hukumatiga nisbatan qat'iy pozitsiyani egallagan. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar AQShning Gavanadagi elchixonasi xodimlari "akustik hujumlar"ga uchraganlaridan keyin yanada keskinlashdi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid