Jamiyat | 14:46 / 09.10.2017
131955
1 daqiqa o‘qiladi

2018 yilgi qish mavsumi eng sovuq bo‘lishi qanchalik haqiqat?

Foto: KUN.UZ

So‘nggi paytlarda turli ijtimoiy tarmoqlar va telegram-kanallarda 2018 yilgi qish mavsumining oxirgi yuz yildagi eng sovuq qish bo‘lishi haqida ma'lumotlar tarqaldi. KUN.UZ ushbu ma'lumotlar qanchalik haqiqatga yaqin ekanini aniqlash maqsadida Respublika Gidrometeorologiya markazi bilan bog‘landi. 

Sinoptiklardan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yilgi qish mavsumini "eng sovuq qish" deyish uchun hech qanday ilmiy asos yo‘q. 

"Xavotirga o‘rin yo‘q, bunday deyish uchun hech qanday ilmiy asos ham yo‘q. Qaysi "bashoratchilar" tarqatadi shunday xabarlarni, hayronman. Umuman olganda, hozirdan qishning qanday kelishini aniq aytib bo‘lmaydi" deya ta'kidladi sinoptik. 

Mavzuga oid