Jahon | 13:20 / 09.10.2017
3507
1 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi yil oxirigacha Yaponiyaga tashrif buyuradi

Foto: Reuters

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish joriy yil oxiriga qadar Yaponiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. U mamlakat boosh vaziri Sindzo Abe bilan KXDR atrofidagi inqirozni muhokama qiladi, deb xabar bermoqda Kyodo agentligi. 

"Yaponiya BMTning eng muhim hamkori hisoblanadi, men barchasi haqida gaplashib olish uchun ushbu tashrifni sabrsizlik bilan kutayapman", - deya uning so‘zlarini keltiradi agentlik. Bosh kotib tashrifi dekabr oyida amalga oshishi kutilmoqda. O‘shanda Yaponiya hukumati sog‘liqni saqlash masalalariga doir xalqaro uchrashuvga mezbonlik qiladi. 

Uchrashuvda, shunindek, BMT bosh kotibi Shimoliy Koreya muammosini siyosiy yo‘l bilan hal etish zarurligini ta'kidlaydi. Bundan tashqari, global iqlim o‘zgarishi, BMT islohoti, qashshoqlik va notenglikka barham berishga qaratilgan Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish masalalari e'tibordan chetda qolmaydi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid