Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fazliddin G‘oibnazarovning to‘rtinchi raqibi uchinchi marta o‘zgardi
Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov 9 dekabr kuni professional boksdagi to‘rtinchi jangini o‘tkazadi.
U 9 dekabr kuni rossiyalik 35 yoshli sportchi Andrey Klimovga qarshi ringga ko‘tarilishi kutilayotgandi. Ammo Klimov unga qarshi jang o‘tkazishdan bosh tortgan.
Olamsport.com xabariga ko‘ra, mashhur promouter Bob Arum boshchiligidagi Top Rank kompaniyasi G‘oibnazarovga yangi raqib topdi. Olimpiada chempioni 9 dekabr kuni amerikalik 24 yoshli bokschi Stiven Ortizga qarshi ringga ko‘tariladi.
G‘oibnazarovning yangi raqibi professional boksda 7ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Ikki marta raqiblarini nokautga uchratgan. U so‘nggi jangini 24 iyun kuni o‘tkazgan va Tayrom Jonsni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Fazliddin G‘oibnazarov va Stiven Ortiz o‘rtasidagi 8 raundlik jang AQShning Nyu-York shahridagi dunyoga mashhur Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Fazliddin G‘oibnazarov 9 dekabr uchun raqibi sifatida tanlangan meksikalik bokschi Aleksis Del Boske ham jangdan bosh tortgandi.
Mavzuga oid
04:22 / 14.08.2022
Boks. Zoirov 20-soniyadayoq raqibini nokautga uchratdi, G‘oibnazarovga 38 soniya yetarli bo‘ldi
21:18 / 18.03.2022
Bahodir Jalolov professional boksdagi 10-g‘alabasiga erishdi
23:22 / 17.12.2021
Toshkentdagi professional boks kechasida O‘zbekistonning 7 vakili ham g‘alaba qozondi - Madrimov raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi
20:26 / 05.12.2020