Professional boksdagi faoliyatini muvaffaqiyat bilan davom ettirayotgan Fazliddin Ğoibnazarov navbatdagi jangini şu yilning dekabrida ötkazadi.

Sports.uz xabarida yozilişiça, u 9 dekabr kuni rossiyalik 35 yoşli sportçi Andrey Klimovga qarşi ringga kötariladi.

Bundan avvalroq, uning törtinçi raqibi meksikalik Aleksis Del Boske bölişi haqida xabar berilgandi.

Jang Nyu-Yorkdagi afsonaviy Madison Square Garden arenasida bölib ötadi.

Klimov 2009 yili professional faoliyatini boşlagan va şu vaqtgaça 23 marta jang ötkazib, 19 ğalaba (9 nokaut) va 4 mağlubiyat qayd etgan. U faoliyati davomida Jahongir Rahimov, Abbos Anvarov va Bobir Normatov kabi özbekistonlik boksçilar bilan töqnaş kelgan hamda ğalaba qozongan.

Bundan taşqari, Klimov 2013 yili jahon boksining közga köringan vakillaridan biri amerikalik Terens Krouford bilan jang ötkazib, mağlub bölgan. Terens ayni vaqtda birinçi yarim örta vazn toifasida WBC, WBA, IBF, WBO kamarlari sohibi hamda The Ring yetakçisi hisoblanadi.

Rio Olimpiadasi oltin medali sohibi Fazliddin Ğoibnazarov professional ringdagi ilk jangini 22 aprel kuni amerikalik Viktor Vaskesga qarşi ötkazib, nokaut bilan ğalaba qozongandi. U 20 mayda ikkinçi jangida amerikalik Agustin Maurasni taslim etdi. Uçinçi jang esa meksikalik Viktor Rosasga qarşi ötkazildi.