O‘zbekiston | 11:00 / 10.10.2017
13650
3 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev sug‘urta kompaniyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qarorni imzoladi

Foto: President.uz

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 9 oktabrda «Kafolat Sug‘urta kompaniyasi» Aktsionerlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan «Kafolat Sug‘urta kompaniyasi» AJning asosiy maqsad va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

birinchidan, tadbirkorlik sub'yektlariga sug‘urta himoyasini garov va lizing obektlarini zarar, yong‘in va tabiiy ofatlardan sug‘urtalash, shuningdek, mulk, asbob-uskunalar va tranzit tovarlarning hamda tadbirkorlik faoliyatining barcha xavflaridan sug‘urtalash yo‘l orqali ta'minlash;

ikkinchidan, sanoat korxonalari va iqtisodiyot tarmoqlaridagi qurilish obektlarini barcha xavflardan kompleks sug‘urta qilish;

uchinchidan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha Davlat dasturi doirasida yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta himoyasini taqdim etish, mamlakatning barcha hududlarida aholi qamrovini «Mahalla», «Nuroniy» jamg‘armalari va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi bilan birgalikda kengaytirish;

to‘rtinchidan, aholining shaxsiy sug‘urtasi, shu jumladan, yuqumli kasalliklardan sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta himoyasi bilan ta'minlash;

beshinchidan, yoshlar uchun uy-joy qurish dasturlari bo‘yicha uy-joylarni sug‘urtalash;

oltinchidan, sug‘urta faoliyatini yangi innovatsion sug‘urta mahsulotlarini yaratish yo‘li bilan kengaytirish;

yettinchidan, virtual ofis va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sug‘urta xizmatlarini realizatsiya qilishning yangi kanallarini yaratish, sug‘urta xizmatlari realizatsiyasini Internet tarmog‘i orqali internet-do‘konni qo‘llagan holatda, onlayn to‘lov imkoniyati bilan rivojlantirish;

sakkizinchidan, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha Davlat qo‘mitasi bilan aholiga sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish uchun ko‘chmas mulk obektlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar almashishning avtomatlashtirilgan mexanizmlarini tatbiq etish;

to‘qqizinchidan, sug‘urta va qayta sug‘urtalash sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish. 

Shuningdek, qaror bilan O‘zbekiston Moliya vazirligi va «Kafolat Sug‘urta kompaniyasi» AJning «Kafolat Sug‘urta kompaniyasi» AJ tizimida quyidagilarni tashkil etish bo‘yicha takliflari ma'qullandi: 

respublika hududlarida bo‘linmalarni ochgan holda, mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklida hayotni sug‘urtalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilot;

tibbiy sug‘urta, texnik va huquqiy yordam ko‘rsatuvchi yordamchi tashkilot.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid