Berdimuhamedov Putinga kuchuk sovg‘a qildi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Rossiya prezidenti Vladimir Putinni 65 yoshga to‘lgani bilan tabriklab, turkman alabayi zotiga mansub kuchuk sovg‘a qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Agar menga ruxsat bersangiz, yoqimli missiyadan boshlashni xohlardim. Yaqinda tug‘ilgan kunni nishonladingiz, shuning uchun sizni chin qalbimdan tabriklayman. Sizga, eng muhimi, mustahkam sog‘liq, muvaffaqiyatlar, barcha yaxshi tilaklarni tilayman», - deya ta'kidlab o‘tdi Turkmaniston prezidenti.
«Men sizning mamlakatingizda emas, balki butun dunyoda ham atrof-muhit masalalarida juda ko‘p ishlar qilayotganingizni bilaman. Bizda bir do‘st bor, bilsangiz kerak, bu kuchuk, alabay. Bugun men o‘zim bilan birga kichik alabayni olib keldim, uning laqabi Sadoqatli (Verniy). Sizda ham, o‘ylashimcha, bu ism mashhurdir. Biz Osiyo o‘yinlarini o‘tkazganimizda, alabay asosiy ramz bo‘lgan. O‘ylashimcha, matbuotning yonida uni ko‘rsatish ham mumkin», - dedi u.
«Mening fikrimcha, sizga yoqadi. Ular bizda sog‘lom», - deya xulosa qildi Berdimuhamedov.
Eslatib o‘tamiz, Berdimuhamedov Sochi shahriga 12 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan MDHga a'zo davlatlar rahbarlari Kengashining yig‘ilishlarida ishtirok etish uchun kelgan.
Mavzuga oid
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
17:29 / 18.11.2024
Bloomberg: Erdo‘g‘an Rossiya-Ukraina urushini muzlatib qo‘yish rejasini tayyorladi
14:30 / 18.11.2024
Peskov: Putin va Tramp o‘rtasidagi suhbat bo‘yicha hozircha tayyorgarlik yo‘q
13:15 / 18.11.2024