Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIV: Koreyadagi THAAD Rossiyaga qarshi
AQShning Janubiy Koreyaga o‘rnatilgan raketalarga qarshi mudofaa tizimlari Rossiya va Xitoyga qarshi. Rossiya tashqi ishlar vazirligining Shimoliy Amerika departamenti rahbari Georgiy Borisenko shunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
«Gap shundaki, bu vositalar Shimoliy Koreyaga agressiya qilingan taqdirda, uning qarshi zarba berishiga halaqit bera olmaydi. Koreya yarim orolidagi chegara shunday o‘tadiki, Seul qo‘shni davlatning uzoqqa zarba bera oladigan artilleriyasi harakat masofasida joylashgan. THAAD tizimlari esa birorta artilleriya snaryadini ham urib tushira olmaydi. Shunday ekan, ulr KXDRga qarshi kerak emas», — degan Borisenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy rahbariyati vaziyatni «juda yaxshi anglab turibdi».