Jahon | 14:40 / 12.10.2017
6319
2 daqiqa o‘qiladi

Mahmud Abbos 10 yil ichida ilk marotaba G‘azoga tashrif buyuradi

Foto: EPA

Falastin rahbari Mahmud Abbos G‘azo sektoriga bir oy ichida safar qiladi. Bu haqda FATH harakatining markaziy qo‘mitasi a'zosi Zakariy al-Og‘a payshanba kuni ma'lum qildi. Bu sohilbo‘yi anklaviga tashrif oxirgi 10 yil ichida Abbos uchun birinchisi bo‘ladi.

«Abbos FATH va HAMAS fraksiyalari o‘rtasida kelishuv jarayonini jadallashtirish uchun G‘azo sektoriga mehmon emas, prezident sifatida tashrif buyuradi», - deya Zakariy al-Og‘aning so‘zlarini keltiradi Ramallah News yangiliklar portali. Bundan tashqari, al-Og‘aning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng bir oy o‘tib, Qohirada Falastinning barcha harakatlari vakillari to‘planadi hamda Abbos ham yig‘ilishda qatnashadi.

12 oktabr kuni ertalab FATH va HAMAS vakillari o‘rtasida tomonlar o‘rtasida bitim tuzishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar Qohirada yakuniga etdi. Al-Og‘a ularni «murakkab, lekin samarali» deb ta'rifladi. Ularning natijalari payshanba kuni kechqurun maxsus matbuot anjumanida e'lon qilinishi kerak.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid