Rahmon Tojikiston MDHda raislik davrida nima bilan shug‘ullanishini aytdi
Tojikistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi raisligi davrida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash, shuningdek, energiya tejamkor texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalasiga alohida e'tibor qaratiladi. Bu haqda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Sochida bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlari kengashining majlisida ma'lum qildi.
Tojikiston birlashmada 2018 yilda rahbarlik qiladi.
«Energetika sohasida energiya tejaydigan texnologiyalarni rivojlantirish sohasida hamkorlikni kuchaytirish, MDH mamlakatlarining energetika tizimini parallel ravishda qayta tiklash bo‘yicha sa'y-harakatlarni faollashtirish ustuvor vazifa bo‘lib qoladi. Shu bilan birga biz qayta tiklanadigan energiya manbalarini o‘zlashtirishda hamkorlikni rivojlantirishga intilamiz», - dedi Rahmon.
Uning qo‘shimcha qilishicha, transport sohasida 2025 yilgacha hamkorlik rejalarini amalga oshirishga alohida e'tibor qaratiladi.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar terrorizmga qarshi kurash doirasida ishlarni davom ettirishadi, deya xabar beradi TR rahbari matbuot xizmati.
«Biz Hamdo‘stlik doirasida qabul qilingan qaror va dasturiy hujjatlarni global tahdidlar va chaqiriqlar bilan kurashda amalga oshirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz», - dedi u.
Mavzuga oid
14:04 / 08.11.2024
MDH davlatlari 2030 yilgacha harbiy hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqadi
16:41 / 03.11.2024
O‘zbekiston rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi
14:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MDH bosh kotibi bilan uchrashdi
20:38 / 30.10.2024