Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX yangi sun'iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi
Foto: SpaceX
AQShning SpaceX kompaniyasi ikkilamchi maqsaddagi SES-11/EchoStar 105 telekommunikatsion sun'iy yo‘ldoshiga ega Falcon 9 raketa-tashuvchisini uchirdi. Bu haqda kompaniya Twitter’da xabar bergan.
Falcon 9 raketa-tashuvchisi Kanaveral burunidagi kosmodromdan uchirildi. Parvozga chiqqanidan so‘ng ajratgan birinchi pog‘ona suzuvchi platformaga xavfsiz tarzda tushgan. Ushbu pog‘ona shu yilning fevral oyida XKSga start olgan fazoviy yuk kemasini ishga tushirish chog‘ida kompaniya tomonidan foydalanilgan.
Raketaning uchirilishi va birinchi pog‘onaning qo‘nishi SpaceX tomonidan jonli efirda translyatsiya qilingan. Boshlovchining ta'kidlashicha, birinchi pog‘onaning muvaffaqiyatli qo‘nishi hisob bo‘yicha 18-bo‘lgan.
Yangi sun'iy yo‘ldosh AQShning EchoStar va Lyuksemburgning SES operatorlari tomonidan ishlatiladi hamda Shimoliy Amerika, Havayi va Karib mintaqalari hamda Meksikani televizor signallar va aloqa bilan ta'minlaydi.
Mavzuga oid
07:46 / 12.02.2026
Kosmosdagi birinchi megapolis: SpaceX amaliy bosqichga o‘tmoqda
20:50 / 01.02.2026
SpaceX orbitaga 1 mln dona sun’iy yo‘ldoshni uchirishni rejalashtirmoqda
07:36 / 26.12.2025
2026 yil prognozi: dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyalar
09:45 / 08.11.2025