Light | 19:01 / 13.10.2017
46935
3 daqiqa o‘qiladi

3017 yil layfxaklariga 2017 yildan nazar

Biz texnik taraqqiyot va ilmiy yutuqlar asrida yashaymiz. Biroq eng ajablanarlisi shundaki, hatto oddiy odamlar orasida ham "uzoq kelajakdan kelganlar" talaygina. Ular hayotni yengillashtiruvchi g‘aroyib layfxaklarini qo‘llamagunlariga qadar ularni payqamaysiz, deyiladi Trendymen'da. Layfxaklar naq 3017 yildan!

 

Resurslarni tejash

Foto: Trendymen

Kelgusida tabiiy resurslarni tejashimizga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa suvni. Mana bunday imkoniyat turganda idish yuvishga ne hojat!

 

Elektr jihozlar

Foto: Trendymen

Qisqa yoki noqulay joylashgan zaryadka. Devor oldida o‘tirib, qimmatbaho gadjyetini ushlab o‘tirishdan kimlar "azob chekmagan" deysiz?! 3017 yilning ushbu layfxakini e'tiborga olib qo‘ying.

 

Quyoshdan himoya

Foto: Trendymen

3017 yilga borib ozon qatlami yupqalashib ketadi. Teringizni quyosh nuridan qanday himoya qilish mumkin? Bu kishi aniq javobni biladi.

 

Metro

Foto: Trendymen

Metroda ketayotib, bo‘yinning keskin harakatdan uyg‘onib ketish kishini toliqtiradi. Endi qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi, buning ham yo‘li topildi.

 

Tezlik

Foto: Trendymen

Transport tirbandligi davri ham o‘tmishda qoladi. Tezlik, manevrlik, qulaylik - bir so‘z bilan aytganda, kelajak samokati.

 

Teleportatsiya

Foto: Trendymen

Siz ikkinchi qavatdasiz, telefon zaryadkasi esa birinchi qavatda. Itingiz bo‘lsa, quyidagi layfxakdan foydalaning.

 

Kelajak avatarlari

Foto: Trendymen

3017 yilda ijtimoiy tarmoqlarning talablari tubdan o‘zgaradi. Hech qanday ahmoqgarchiliklarsiz, faqat supertexnologik avatarlar.

 

Bolalarga g‘amxo‘rlik qilish

Foto: Trendymen

Bolalar - bizning borlig‘imiz. Har bir inson bolalarga g‘amxo‘rlik qilishi kerak, hatto bolalarning o‘zi ham, mana ular buni qanday uddalashadi.

 

Organik yegulik

Foto: Trendymen

3017 yilga borib bunday organik yeguliklar bilan oziqlanish kerakligini butun sayyora anglab yetadi. Shirin limonadlar deysizmi? Xudo saqlasin! Faqat tabiiy ichimliklar.

 

Bir umrlik chiroy

Foto: Trendymen

Bo‘yanishga, o‘zingizga zeb berishga ancha vaqt sarflaysizmi? Sabr qiling. Ming yilcha keyin bari o‘zgacha bo‘ladi. Bir umrlik chiroy - fantastika emas.

 

Yog‘ sachrashidan himoya

Foto: Trendymen

Qizib turgan yog‘ning ayab o‘tirmasligi umrida bir marta bo‘lsa-da mazali taom pishirgan har bir insonga ma'lum. Sabrning ham  chegarasi bor, deydi 3017 yil texnologiyasi.

Mavzuga oid