Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vaziri Buyuk Britaniya elchisi bilan uchrashdi
Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Kristofer Allan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Adliya vaziri Buyuk Britaniyani O‘zbekistonning Yevropadagi muhim hamkorlaridan biri ekanligini va ikki tomonlama do‘stona munosabatlar yildan-yilga kuchayib borayotganligini ta'kidladi. Shuningdek, vazir elchini Adliya vazirligining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirib o‘tdi.
O‘z navbatida, elchi Kristofer Allan Ruslanbek Davletovga ushbu uchrashuvni tashkil etgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi va mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yanada rivojlanib boraverishiga umid bildirdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi huquqiy sohadagi hamkorlikning turli jihatlari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026