Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda gugurt qutilarga joylangan marixuana aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasidan olingan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 1 oktabr kuni, Surxondaryo viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan Denov tumanida yashovchi muqaddam sudlangan 49 yoshli shaxs marixuana giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ushlangan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushlangan shaxsning uyidan gugurt qutilariga hamda qog‘oz parchalariga qadoqlangan jami 2 kg. 77 gr. marixuana giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
21:22 / 28.02.2026
Surxondaryoda o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish topshirig‘ini bergan “zamhokim” ishdan olindi
13:35 / 28.02.2026
Surxondaryoda o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish topshirig‘ini “zamhokim” bergani tasdiqlandi
10:02 / 28.02.2026
Surxondaryoda prezident bilan uchrashgan o‘quvchi TerDUga grant asosida qabul qilinadi
14:27 / 27.02.2026