Sport | 14:45 / 13.10.2017
10533
1 daqiqa o‘qiladi

Tayson Fyuri 2018 yilda uchta katta jang o‘tkazadi

Boks bo‘yicha og‘ir vaznda WBA/IBF/WBO tasnifi bo‘yicha sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri kelgusi janglari to‘g‘risida ma'lumot berdi.

«2018 yil aprel oyida buyuk jangni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqdaman. Yana birini yozda, boshqasini yil oxirida o‘tkazaman. 2018 yilda uchta katta jangni ko‘rasiz», – deb yozdi Fyuri tvitter sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Tayson 2015 yilda Vladimir Klichkoni hakamlarning yakdil qaroriga asosan mag‘lub etgan edi. Bu kenja Klichko uchun 11 yillik faoliyatida birinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Shundan so‘ng, Fyuri biror marta ringga ko‘tarilmadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid