O‘zbekiston | 14:00 / 13.10.2017
17839
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Qozon vertolyot zavodiga bordi

Foto: Rostex

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov boshchiligidagi delegatsiya «Rostex» davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi «Rossiya vertolyotlari» holding kompaniyasining Qozon vertolyot zavodiga (QVZ) amaliy tashrifni amalga oshirdi. G‘ulomjon Ibragimov zavodning ishlab chiqarish quvvati va chiqarilayotgan vertolyot texnikasi bilan tanishdi, deb xabar berdi business-gazeta.ru.

Tatariston tomonidan uchrashuvda TR sanoat va savdo vaziri – bosh vazir o‘rinbosari Albert Karimov va «Qozon vertolyot zavodi» bosh direktori Vadim Ligay ishtirok etdi.

G‘ulomjon Ibragimov mexanik ishlov berish, agregat ishlab chiqarilishi va yakuniy yig‘ish sexini ko‘zdan kechirdi. Delegatsiya rahbariga Mi-8/17 Mi-38 va Ansat vertolyotlari namoyish etildi. O‘zbekiston fuqarolik aviatsiyasi sohasida hozirgi vaqtda 9 ta turli modifikatsiyadagi Mi-8MTV-1 vertolyotlaridan foydalanilmoqda.

QVZga tashrif O‘zbekiston hukumatining Qozon va Toshkent o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik rejalarini tuzishda ishtirok etish maqsadida Tatariston Respublikasiga amalga oshirilgan amaliy safari chog‘ida ro‘y berdi. Tatariston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik to‘g‘risida 10 ta bitim imzolangan. Ta'kidlandiki, kelgusi yillarda O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi savdo-sotiq, qurilish, uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, axborotlashtirish, madaniyat va boshqa ko‘plab sohalarda savdo aloqalarini jadallashtirish doirasida to‘rt barobarga ortishi mumkin.

Mavzuga oid