Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshda yovvoyi fil rohingyalar lageriga hujum qildi
Bangladeshda yovvoyi filning rohingya musulmonlari lageriga hujumi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar qilmoqda.
Politsiyadan aytishlaricha, 14 oktabr kuni ertalab hayvon o‘rmondan yugurib chiqqan hamda vaqtinchalik lagerga hujum qilgan.
«Ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi, jarohat olgan bir necha inson «Chegarasi yo‘q shifokorlar» boshqaruvidagi tibbiy lagerga olib ketildi. Yana ikki odam olingan jarohatlar tufayli soat taxminan 13.30larda hayotdan ko‘z yumdi», - deya xabar berdi politsiya vakili.
Qurbonlar orasida ayol kishi va uch nafar voyaga yetmagan shaxs bor.
Xabar qilinishicha, taxminan bir oy muqaddam yuz bergan shunga o‘xshash hodisa tufayli ikki qochqin halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
13:18 / 01.12.2025
O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin
09:43 / 27.11.2025
Bangladeshda O‘zbekistonning yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
16:11 / 17.11.2025