Sport | 11:34 / 14.10.2017
7831
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi

Foto: O‘zbekiston futzal uyushmasi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2018 yilgi Osiyo chempionatiga saralash bosqichida ishtirok etish uchun Eronning Tabriz shahriga yetib keldi.

Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasining futzal bo‘yicha Osiyo chempionatiga saralash bosqichi bellashuvlari 15–17 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi terma jamoa “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, OCh yo‘llanmasi uchun Qirg‘iziston, Turkmaniston va Nepalga qarshi bahs yuritadi. “B” guruhida mezbon Eron termasi Afg‘oniston va Tojikiston bilan kuch sinashadi.

O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi saralash bosqichi uchrashuvlariga jami 14 o‘yinchini taklif qildi. Ular: darvozabonlar - Rustam Umarov (“Ardus”), Akmal Xazratqulov (“Do‘stlik-AIN”), o‘yinchilar - Artur Yunusov (“Ardus”), Konstantin Sviridov (“Olmaliq”), Farhod Abdumavlonov (“Ardus”), Ilhom Hamroyev (“Ardus”), Davron Choriyev (“Ardus”), Davron Abdurahmonov (“Ardus”), Ixtiyor Ropiyev (“Maksam-Chirchiq”), Husniddin Nishonov (“Nafis”), Dilmurod Shavkatov (“Ardus”), Mashrab Odilov, (“Ardus”), Anasxon Rahmatov (“Ardus”), Dilshod Rahmatov (“Dalyan Puvan Anbo”), 
Guruhlarda 1–2 o‘rinlarni egallagan jamoalar Osiyo chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Qit'a birinchiligida jami 16 jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.

O‘yinlar taqvimi quyidagicha:
Futzal bo‘yicha OCh saralashi

“A” guruhi. 15–17 oktabr
Tabriz shahri, Eron

15 oktabr, yakshanba
15:30  O‘ZBeKISTON – Nepal
18:00  Qirg‘iziston – Turkmaniston

16 oktabr, dushanba
15:30  Nepal – Qirg‘iziston
18:00  Turkmaniston – O‘ZBeKISTON

17 oktabr, seshanba
15:30  O‘ZBeKISTON – Qirg‘iziston
18:00  Turkmaniston – Nepal

Izoh: O‘yinlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid