Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Javod Zarif bilan uchrashuv o‘tkazadi
16-18 oktabr kunlarida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Eron Islom Respublikasiga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda TIV Axborot xizmati xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, tashrif dasturidan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy, vitse-prezident Suren Sattoriy, tashqi ishlar vaziri Javod Zarif va Eronning boshqa davlat tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘rin olgan. Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston-Eron biznes-forumida ishtirok etadi va istiqbolli hamkorlar bilan muzokaralar olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 13 mart kuni Toshkentda 5 marta o‘tkazilgan o‘zbek-eron vazirliklararo o‘zaro maslahatlashuv tadbiri o‘tkazilgandi.Unda Eron Islom Respublikasi delegatsiyasi rahbari sifatida Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ibrohim Rahimpur ishtirok etgan.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026