Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
15 oktabrda Avstriyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan birinchi saylov uchastkalari o‘z ishini boshlab yubordi. Ulardan ba'zilari soat 5.00dan, ba'zilari esa 10.00dan, yana boshqalari esa ba'zi uchastkalar o‘z ishini tugatayotgan vaqtda o‘z ishini boshlaydi. Mamlakat hukumati kommuna va shaharlarga saylov uchastkalari ishlash vaqtini ularga qulay shaklda belgilashga ruxsat beradi. Biroq barcha uchastkalar 17.00gacha yopilishi kutilmoqda va shundan keyin ovozlar hisob-kitob qilina boshlanadi.
Respublikada 16 yoshdan katta barcha fuqarolar saylov berish huquqidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Avstriyada saylovchilar umumiy soni 6 401 304 kishini tashkil qiladi va ulardan 51,7 foizi ayollardir.
Saylovlarda 16 ta partiya ishtirok etmoqda. So‘rovnomalarga ko‘ra, ulardan eng ommaviylari mamlakat tashqi ishlar vaziri Sebastyan Kurts yetakchilik qiladigan Avstriya xalq partiyasi, mamlakat kansleri Kristian Kern raislik qiluvchi Sotsial-demokratik partiya, Xans-Kristian Shtraxe boshchiligidagi Ozodlik partiyasi hisoblanadi.
Avstriya parlamenti – Milliy kengash tarkibiga 183 deputat kiradi va ular faqat partiya ro‘yxatlari bo‘yicha saylanadilar. Parlament tarkibiga kirish uchun umumiy ovoz beruvchilarning kamida 4 foiz ovozini to‘plash lozim.
Mavzuga oid
09:00 / 09.06.2026
Armaniston yevropacha kelajakni tanladi - YeI rahbarlari
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026