Jahon | 18:40 / 15.10.2017
5790
2 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyadagi yong‘inlar ko‘lami Nyu-York hududini ortda qoldirdi

Foto: REUTERS/Jim Urquhart

AQShning Kaliforniya shtatida o‘rmon yong‘inlari qamrab olgan hudud shanba kuni 86,5 ming gektarga yetdi. Bu esa yong‘in maydoni Amerikaning eng yirik megapolisi hisoblangan  Nyu-Yorkdan ham katta hudud degani. 

Yong‘inlar natijasida halok bo‘lganlar soni 38 kishiga yetdi, ulardan 20 nafari Sonom okrugi yong‘inlari natijasida qurbon bo‘lgan. Reuters agentligi mahalliy hukumat vakillariga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

"Darhaqiqat, bu Kaliforniya boshidan o‘tkazgan eng katta fojialardan biridir. Yong‘inlar qamrovi juda katta. Bunday dahshatni hatto tasavvur qilish ham qiyin", - dedi shtat gubernatori Jyerri Braun San-Frantsisko shimolidan 80 km narida joylashgan Santa-Rosa shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot konferensiyasida.  

17 yong‘in o‘chog‘ini hanuz o‘chirishning uddasidan chiqa olishmadi. Yong‘inlarni o‘chirish jarayonlarida o‘n shtatning 10 mingdan ziyod o‘t o‘chiruvchisi ishtirok etmoqda, ularga Kanada va Avstraliyadan kelgan hamkasblari yordam berishmoqda. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid