Jahon | 15:40 / 15.10.2017
12428
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning impichmenti uchun 10 million dollar va'da qilindi

Hustler jurnali noshiri Larri Flint The Washington Post'da Donald Trampning impichmentini keltirib chiqara oladigan ma'lumot taqdim etgan kishiga 10 million dollar berishga va'da qilingan e'lonni joylashtirdi. 

Foto: WP

Ma'lumot manbasiga to‘liq konfidentsiallik va'da qilindi. 

E'londa Flint nima uchun Tramp prezident lavozimiga to‘g‘ri kelmasligiga izoh bergan. Sabablar orasida - "yuzlab soxta bayonotlar", "lavozimga yetarlicha professional bo‘lmagan shaxsning tayyorlanishi" va "manfaatlar to‘qnashuvi" kabilar keltirilgan. 

Bu Flint mamlakatning siyosiy hayotiga ta'sir ko‘rsatishga qodir ma'lumotlar uchun pul va'da qilgan birinchi holat emas. Masalan, 2012 yilda u Respublikachilar partiyasi nomzodi Mitt Romnining soliq deklaratsiyasi uchun million dollar va'da qilgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid