Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aktyor Dmitriy Maryanov hayotdan ko‘z yumdi
Rossiyalik iste'dodli akyotr Dmitriy Maryanov 47 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida TASS aktyorning vakili Alevtina Kungurova bergan ma'lumotga asoslanib xabar berdi.
"Dmitriy to‘satdan vafot etdi", - deydi u.
Kungurova voqea tafsilotlariga aniqlik kiritmadi, "ular tibbiy xulosadan keyin ma'lum qilinishi, hozircha noaniq" ekanini ta'kidladi.
Aktyor bilan xayrlashuv sanasi va vaqti hozircha noma'lum.
Dmitriy Maryanov tomoshabinlarga "Grafinya de Monsoro", "Radio kuni", "Jangchi", "Otalar" va boshqa filmlardagi rollari orqali tanilgan.
Umumiy hisobda, aktyorning filmografiyasida 70 dan ortiq roli qayd etilgan.
Bundan tashqari, Maryanov "Lenkom" va "Mossovet" teatrlari sahnalarida ham ajoyib rollar ijro etgan.
Shuningdek, Dmitriy Maryanov turli yillarda "Katastrofy nedeli" (TV-6), "Ochevidets. Samoye shokiruyushcheye" (ReN TV) va "InoStrannaya kuxnya" ("Domashniy") ko‘rsatuvlarining boshlovchisi bo‘lgan.
Maryanov psixolog Kseniya Bik bilan turmush qurgan. Juftlikning Anfisa ismli bir qiz farzandi bor. Birinchi turmushidan Daniil ismli o‘g‘li ham bor.
Mavzuga oid
19:07 / 27.06.2026
“Hokimiyatdan kelgan topshiriqni deb, bolamga kuyib o‘tiribman” – o‘lim bilan tugagan "Andijon polkasi" tafsilotlari
18:39 / 25.02.2026
Zominda yo‘qolib qolib, keyin jasadi topilgan 2 yoshli bola YTH qurboni bo‘lgani aniqlandi
07:21 / 31.01.2026
Saratondan o‘lim nega ko‘paydi? 1980–2021 yillardagi dinamika
23:35 / 12.01.2026