Jahon | 22:27 / 16.10.2017
5163
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Eron yadroviy bitimi to‘liq bekor qilinishi mumkinligini aytdi

Foto: AP Photo / Evan Vucci

AQSh prezidenti Donald Tramp 16 oktabrda Eron bilan tuzilgan yadroviy bitimning to‘liq bekor qilinishi mumkinligini aytdi. Bu haqda "Frans Press" axborot agentligi xabar bermoqda.   

"Eron bilan bitim o‘rganilmoqda. Fikrimcha, ko‘pchilik odam men qilgan ishdan rozi. Men qilgan ishim to‘g‘riligiga ishonchim komil. Men bizdan foydalanashayotgandan charchadim. Men buni kuzatishdan charchadim. Bitim to‘liq bekor qilinishi mumkin, bu haqiqatan ham yuz berishi mumkin", deb aytgan Tramp hukumat a'zolari bilan uchrashuvda.   

Tramp Oq uy kongress bilan birga ushbu bitimning "jiddiy kamchiliklari" ustida birga ish olib borishini aytgan va Eron terrorchilikni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun AQSh unga sanksiyalar kiritishiga va'da bergan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid