Iste'molchilarga qariyb 3 mlrd. so‘m yetkazilgan zarar qaytarildi
2017 yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman (shahar) jamiyatlariga iste'molchilardan jami 8173 ta murojaatlar kelib tushdi. Mazkur ariza va shikoyatlarning 89,0 foizi ijobiy hal etilishi natijasida, iste'molchilar foydasiga jami 2 mlrd. 984 mln. 6420 ming so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi. Bu haqda O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shundan, Federatsiya va uning quyi tuzilmalari iste'molchilardan tushgan 165 ta ariza va shikoyat asosida ularning manfaatlarini ko‘zlab, sud organlariga da'vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 226 mln. 673 ming so‘m moddiy va ma'naviy zararlar qayta hisob-kitob qilindi.
2017 yilning 9 oyi davomida Federatsiya markaziy ijro etuvchi apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy birlashmalari, tuman va shahar jamiyatlari raislari aholi (fuqarolar) bilan jami 7670 marta muloqot o‘tkazildi. Mazkur muloqotlar davomida uy-joy kommunal (2208ta), savdo(1371ta), sog‘liqni saqlash (576ta), aloqa (240ta), transport (307ta), servis xizmatlari (242ta), ta'lim (280ta) va boshqa sohalar (2446ta) bo‘yicha boshqa sohalarda fuqarolar tegishli masalalar yechimi yuzasidan amaliy yordam berilishini so‘rab murojaat qilganlar.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024