Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlari 2020 yilgacha hamkorlik dasturini imzoladi
2017 yilning 17 oktabr kuni Eron poytaxti Tehronga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Javad Zarif bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Vazirlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqa siyosati muammolari yuzasidan fikr almashdilar.
Suhbat chog‘ida ikki mamlakat rahbarlarining Islom hamkorlik tashkiloti sammitida ishtiroki doirasida 2017 yil 11 sentabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning uchrashuvi O‘zbekiston-Eron muloqoti faollashishiga yangi turtki berganligi ta'kidlandi.
Vazirlar tomonlar uchun ahamiyatga ega barcha sohalarda aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyorligini tasdiqladilar.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Eronning BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida vazirlar tomonidan O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026