Sport | 16:15 / 18.10.2017
18621
9 daqiqa o‘qiladi

YeChL oqshomining eng asosiy hodisalari

«Tribuna» Chempionlar ligasi guruh bosqichida 3 tur doirasida seshanba kuni bo‘lib o‘tgan bahslarga nazar tashlaydi.

Shaharda «qizillar»
Ye guruhi
«Spartak» – «Sevilya» 5:1

Gollar: 1:0 – 18 Promes, 1:1 – 30 Ker, 2:1 – 58 Melgarexo, 3:1 – 67 Glushakov, 4:1 – 74 

Ye guruhidagi uchrashuvlar gollarga boy bo‘ldi. Kutilmaganda «Spartak» Moskvada «Sevilya» darvozasiga 5 gol yo‘lladi. Ruslar bu g‘alabadan keyin turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa avvalgi ikki turda ham yutqazmagan, «Liverpul» va «Maribor»dan bittadan ochko olingandi.


«Maribor» – «Liverpul» – 0:7
Gollar: Robertu Firminu, 4, 54. Koutinyu, 13. Saloh, 19, 39. Oksleyd-Chemberlen, 86. Aleksander-Arnold, 90.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida rekord qayd etildi. Alamzada «Liverpul» Sloveniyada mahalliy «Maribor» jamoasini ayab o‘tirmadi - 7:0.

Yurgen Klopp himoyaga yotib oladigan kichik jamoalarning qavat-qavat mudofaa chizig‘ini yorib o‘tish bo‘yicha dars o‘tdi. Retsept oson - ilk daqiqalardanoq raqibning ko‘zini ochirmasdan hujum qilish va bo‘lim o‘rtalarigacha ularni kuchsizlantirish. Yurgen Klop bu reja qanday ishlashini biladi. Ilk daqiqalardanoq pressing qilgan «Liverpul» 19-daqiqaga kelib 3ta gol urib ulgurgandi.

«Liverpul» bu natija orqali YeChLning safar uchrashuvlarida ko‘p gol urish bo‘yicha rekordni takrorladi. Uy uchrashuvlarida eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekord ham mersisaydliklarga tegishli, 2007 yili «Liverpul» «Beshiktosh» darvozasiga javobsiz 8ta gol yo‘llagandi.

Keyingi tur
1 noyabr

«Liverpul» - «Maribor»
«Sevilya» - «Spartak»

«Kosmik» «Manchester Siti»


F guruhi
«Manchester Siti» – «Napoli» – 2:1

Gollar: Sterling, 9. Gabriel Jyezus, 13 – Diavara, 73, (penalti).
Aniq ijro etilmagan penalti: Mertens (N), 38 (darvozabon)

«Siti» «Napoli»ga qarshi o‘yinda 13-daqiqaga kelib, 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Ammo bu «Napoli» kuchsiz jamoa degani emas. «Bu men murabbiylik faoliyatim davomida uchratgan eng kuchli jamoalardan biri. Balki eng kuchlisidir», – deya raqib o‘yinini baholadi o‘yindan keyin Xosep Gvardiola. 

«Siti»ni olqishlash uchun sabablar yetarlicha:

• Rahim Sterling mavsumdagi barcha uy uchrashuvlarida (5) gol urmoqda. U fantastik yurish namoyish etmoqda: bu uning 11 uchrashuvdagi 8-goli bo‘ldi. U o‘tgan mavsum bo‘yi (47 o‘yin) faqat 10ta gol urgandi.

• Kevin de Bryuyne qatorasiga 4 o‘yinda gol ishtirokchisi bo‘lmoqda (2 gol, 3 assistentlik).

• Gabriel Jyezus mavsumdagi 21 golda qatnashdi. Shundan 15ta golni o‘zi urgan. Haqiqiy monstr.

• «Man Siti» – qatorasiga 10-g‘alabaga erishdi.

«Napoli» Italiya A Seriyasida 8 turdan keyin 100 foizlik natija ko‘rsatgan holda peshqadamlik qilmoqda. Bu jamoa «Manchester Siti» qarshisida ojiz qoldi. O‘yin davomida «Napoli» ikki marta penalti tepdi, birinchisini Ederson qaytardi. E'tiborli jihati YeChLda «Siti» darvozasiga tomon belgilangan oxirgi 6 penaltining barchasi qaytarilgandi. (Shu vaqtgacha Jo Hart 3 marta seyv qilgan, yana ikki marta Villi Kabalero. Bu jamoa darvozaiga penaltidan Mertensga qadar Lionel Messi, Raffael, Ibrahimovich, Neymar va Falkao kabi futbolchilar gol ura olishmagandi).

Ikkinchi bo‘limda neapolliklar yana penalti ishlashdi va zarbani amalga oshirish sirli ravishda 20 yoshli yarim himoyachi Amadu Diavaraga ishonib topshirildi. Bu futbolchi faoliyati davomida 87 o‘yin o‘tkazgan va hali biron marta gol urmagandi.

«Shaxtyor» - Pley-offga yaqin

«Feyyenoord» – «Shaxtyor» – 1:2
Gollar: Bergxays, 7 – Bernard, 24, 54)
Chetlatish: Rakitskiy (Sh), 75.

«Shaxtyor» Chempionlar ligasida sirli toychoqqa aylandi. Sentyabr oyida Paulu Fonseka jamoasi «Napoli»ni mag‘lub etgandi. Endi safarda «Feyyenord» ustidan g‘alaba qildi. Jamoa pley-offda qatnashish uchun yaxshi imkoniyat hosil qildi.

Keyingi tur
1 noyabr

«Napoli» – «»Manchester Siti»
«Shaxtyor» – «Feyyenoord».

«Monako» - aut

G guruhi
«Monako» - «Beshiktosh» 1:2

Gollar: Falkao, 30 - Jyenk Tosun, 34, 54.

«O‘lim guruhi»da kutilmagan yetakchi. «Beshiktosh» ayni vaqtda Turkiya chempionatida juda yomon o‘ynamoqda, jamoa qator muvaffaqiyatsizliklardan keyin beshinchi o‘ringa tushib ketgan. Ammo Chempionlar ligasida hozircha bu jamoaga teng raqib topilmayapti. Hatto o‘tgan mavsum yarim finalchisi «Monako» ham safarda taslim etildi. Endi turklar guruhdan chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilishgan.

Nemislarda imkoniyat bor

«RB Leyptsig» – «Portu» – 3:2
Gollar: Orban, 8. Forsberg, 37. Ogyusten, 40 – Abubakar, 18. Markano, 44.

«RB Leyptsig» muhim g‘alabaga erishdi. «Buqalar» «ajdaholar»ni mag‘lub etib, o‘z ahvolini yaxshiladi - 2 o‘rin.

Keyingi tur
1 noyabr

«Portu» – «RB Leyptsig»
«Beshiktosh» – «Monako».

Krishtianu - Keyn - 44:43 va durang

H guruhi
«Real» – «Tottenhem» – 1:1

Gollar: Krishtianu Ronaldu, 43, penalti – Varan, 28, avtogol.

«Real» va «Tottenhem» uchrashuvi ikki hujumchi - Krishtianu Ronaldu va Keyn dueliga qiyoslandi. Ikki futbolchi ham bu o‘yingacha qoyilmaqom ko‘rsatkich ko‘satib turgandi – 2017 yilda urilgan 43tadan gol (terma jamoalar safida urilgan gollar bilan qo‘shib hisoblagandi). Keyn bu bahsda oldinga chiqib olishi mumkin edi, ammo uning ajoyib zarbasi yo‘l-yo‘lakay Varan orqali darvozaga kirdi va fransuz himoyachisi avtogol muallifiga aylandi.

Tanaffus arafasida Krishtianu penaltidn gol urib, Keyndan o‘zib ketdi. Tanaffusdan keyin Lloris qahramonlik ko‘rsatdi, u Benzemaning bir metrdan bergan zarbasini bartaraf etdi. O‘yinda hisob o‘zgarmadi - 1:1 – «Tottenhem» «Santyago Bernabeu»da mag‘lub bo‘lmadi.

Dortmundda muammolar

APOEL – «Borussiya» D – 1:1
Gollar: Pote, 62 – Papastatopulos, 67.

Kiprdagi o‘yinda uzoq vaqtgacha gol urilmay turdi. APOEL «Borussiya»ning hujumlarini xotirjamlik bilan qaytardi, tribunalardagi muxlislar mezbonlarga dahshat solib turishdi.

Ikkinchi bo‘limda kutilmaganda APOEL hisobni ochdi. Aniqrog‘i «Borussiya» darvozaboni Bryuki xatoga yo‘l qo‘ydi, u bir vaziyatning o‘zida ikki marta to‘pni raqibga topshirdi.

«Borussiya» tezda javob qaytardi – Papastatopulos hammadan baland sakradi. Ammo dortmundliklarga boshqa gol urish nasib etmadi va jamoa muhim ochkolarni boy berdi. Ko‘p ehtimolki bu jamoa Chempionlar ligasining bu mavsumida pley-offda qatnashmaydi.

Keyingi tur
1 noyabr.

«Borussiya» D – APOEL
«Tottenhem» – «Real».

Mavzuga oid