Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron bilan yoqilg‘i-energetika bo‘yicha hamkorlik kengaytiriladi
2017 yil 17 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Tehronda Eron Islom Respublikasi neft vaziri Bijan Zangane bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida tomonlar yoqilg‘i-energetika yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik orqali savdo-iqtisodiy sohada O‘zbekiston-Eron hamkorligini kengaytirish masalalarini batafsil muhokama qildilar.
Shu kuni delegatsiya a'zosi, «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonov Eron Neft vazirligi va uning tuzilmalari rahbarlari bilan alohida muzokaralar o‘tkazdi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026