Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook’dagi siyosiy reklamalarni maxsus xizmat xodimlari tekshiradi – Bloomberg
AQShning Facebook korporatsiyasi milliy xavfsizlik tizimlariga kirishi mumkin bo‘lgan xodimlarni yollaydi, ularga AQShdagi saylovlarga xorijiy davlatlarning aralashuviga qarshi kurashish vazifasi topshiriladi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.
Facebook’ning taxmin qilishicha, maxfiy ma'lumotni olishi mumkin bo‘lgan xodimlar ijtimoiy tarmoqdagi «qo‘poruvchilik» kampaniyalari boshlanishini tezda kuzatib borishadi, shuningdek, AQSh ma'muriyatidan ehtimoliy tahdidlar haqida ma'lumot olishadi.
Yangi xodimlar davlatdan tashqi tahdidlar haqidagi maxfiy ma'lumotlarni olishlari kerak bo‘ladi. Ushbu ma'lumotlar Facebook platformasida e'lon qilingan reklamalarni tahlil qilishda e'tiborga olinishi kerak.
Bloomberg’ning ta'kidlashicha, bunday xodimlar ichiga maxsus xizmatlarning sobiq va hozirgi xodimlari, shuningdek, davlat idoralari bilan kelishilgan holda ishlaydiganlar kirishi kerak. Bu toifalarning barchasi maxfiy fayllarga kirish imkoniyatiga ega. Agentlikning manbalari bu bilan o‘z nomlari oshkor etilishini istamasliklarini bildirishgan.
Facebook’da Bloomberg’ga bu ma'lumot bo‘yicha izoh berishdan bosh tortishdi, Markaziy razvedka boshqarmasi va Milliy xavfsizlik vazirligi ham so‘rovga javob qaytarmagan.
Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi
08:40 / 26.03.2025