AQSh milliy xavfsizlik vaziri: IShID «yangi 11 sentabr» tayyorlamoqda
IShID guruhi terrorchilari 2001 yil 11 sentabrdagi kabi yirik teraktni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh milliy xavfsizlik vaziri v.b. Eleyn Dyuk bayonot berdi, deb yozmoqda Daily Mail.
U AQShning Londondagi elchixonasida chiqish qilar ekan, ayni vaqtda IShID jangarilari oraliq davrni boshdan kechirmoqda, biroq ular keng qamrovli xurujni rejalashtirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar ko‘plab odamlarning o‘limiga sabab bo‘ladigan samolyotlar portlashini uyushtirmoqchi.
«Terrorchilik tashkilotlari, IShID bo‘ladimi, boshqasimi, 11 sentabrga o‘xshash katta portlashni sodir etishni xohlayapti. Ular samolyotlarning qulashini uyushtirishni rejalashtirmoqda, razvedkaning bunga ishonchi komil», — degan Dyuk.
Uning qo‘shimcha qilishicha, jangarilar moliyaviy manbalarini saqlab qolish va o‘zlarini eslatib turish maqsadida sovuq qurollar va avtotransportlardan foydalangan holda «uncha katta bo‘lmagan» teraktlarni sodir etib turishadi.
Shu bilan birga vazirlik rahbari shu kabi tahdidlarni bartaraf etish usullarini ma'lum qilishni istamagan.
Mavzuga oid
09:19
Italiyadagi xushmanzara qishloq Tramp boshqaruvidan norozi amerikaliklarga 1 dollardan uy taklif qilmoqda
23:52 / 26.11.2024
AQShda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
18:19 / 26.11.2024
Boeing AQSh Harbiy-havo kuchlaridan 2,4 mlrd dollarlik buyurtma oldi
18:06 / 26.11.2024