Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikaliklar Shimoliy Koreyani Rossiya va IShIDdan xavfliroq deb hisoblashmoqda
AQShning aksariyat fuqarolari ayni vaqtda Shimoliy Koreyani IShID, Rossiya, Xitoy va Erondan xavfliroq deb bilishmoqda. Bundan NBC News telekanali va SurveyMonkey kompaniyasi birgalikda o‘tkazgan so‘rovnoma natijalari darak bermoqda.
So‘rovnomaga ko‘ra, oktabrda respondentlarning 54 foizi Shimoliy Koreyani bosh xavf deb aytishgan, vaholanki iyulda bu ko‘rsatkich 41 foiz edi.
Shuningdek, IShIDni bosh xavf deb aytgan respondentlar miqdori 28 foizdan 19 foizgacha, Rossiyadan qo‘rqayotgan amerikaliklar miqdori esa 18 foizdan 14 foizgacha kamaygan.
Amerikaliklar AQSh uchun bosh xavflar orasida Xitoy va Eronni ham aytib o‘tishgan, bu davlatlarni mos ravishda 6 va 4 foiz respondentlar bosh xavf sifatida ko‘rishmoqda.
So‘ralganlarning ko‘pchiligi, ya'ni 64 foizi Vashington va Pxenyan o‘rtasidagi nizo diplomatik yo‘l bilan hal qilinishiga umid bildirishgan.
So‘rovnoma 13-17 oktabr kunlari o‘tkazilgan va unda 5 mingdan ko‘proq amerikalik ishtirok etgan.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
22:13 / 19.06.2026