Jahon | 17:10 / 20.10.2017
37158
1 daqiqa o‘qiladi

Berdimuhamedov paxta terimi kampaniyasini bir hafta ichida yakunlash haqida topshiriq berdi

Turkmanistonda 1 million tonnadan ziyod paxta terib olindi. Bu haqda 19 oktabr, payshanba kuni mamlakat Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida ma'lum qilindi.

2017 yilga mo‘ljallangan rejada - 1 million 50 ming tonna paxta. Mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov paxta terimi kampaniyasini 27 oktabrgacha yakunlash haqida topshiriq berdi.

«Berdimuhamedov qahramon paxtakorlarni ajoyib muvaffaqiyat bilan chin qalbdan tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik, baxtli va farovon hayot, yangi mehnat g‘alabalarini tiladi», - deyiladi xabarda.

Turkmaniston rahbari, shuningdek, mamlakat to‘qimachilik sanoati ehtiyojlari uchun paxta xom-ashyosi miqdorini aniqlash, undan ortig‘ini esa Davlat tovar-xomashyo birjasi orqali sotishni buyurdi.

Mavzuga oid