Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi
Surxondaryo viloyati Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Surxondaryo viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar bergan.
Unda tuman hokimi vazifasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan Ulug‘bek Qosimov Denov tumani hokimi lavozimiga tayinlanganligi sababli vazifasidan ozod etilib, Muzrabot tumani hokimi lavozimiga Jovli Norboyevich Xolmurodov nomzodi bir ovozdan tasdiqlandi.
Sessiyada J.Xolmurodov so‘zga chiqib, hududni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligini ta'minlash borasida bor kuch va g‘ayratini safarbar etishini, alohida ta'kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Denov tumani sobiq hokimi Baxrom Mamatqulov paxta mavsumida sustkashlik bilan ishlarni tashkil etgani tufayli egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid
10:09 / 31.03.2026
Surxondaryoda pensionerlar ishtirokidagi narkoguruh fosh etildi
08:22 / 13.03.2026
Namangan va Surxondaryoda mansabdorlarning noqonuniy harakatlari to‘xtatildi
11:52 / 03.03.2026
Surxondaryoda nohaq ayblanganini aytgan yolg‘iz onaning ishi kassatsiyada o‘zgartirildi
21:22 / 28.02.2026