Barchaga «xayrli tong» tilagan falastinlik Isroil politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi
Isroil politsiyasi Facebook’da arab tilida post qoldirgan falastinlikni qo‘lga oldi. U ivrit tiliga avtomatlashtirilgan tarjimon tomonidan noto‘g‘ri o‘girilgan. Bu haqda Haaretz xabar bermoqda.
Erkak barchaga «xayrli tong» tilagan postni joylashtirdi, u falastinlikning buldozer fonidagi fotosurati bilan to‘ldirilgan. Politsiya xodimlari xabar matniga alohida e'tibor qaratishdi. Facebook’ning avtomatik algoritmi postni «ularga hujum qiling» deb tarjima qilgan, shundan so‘ng erkak qo‘lga olindi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari fotosuratdagi buldozer tufayli ham g‘ulg‘ulaga tushishgan, sababi ular avval ba'zi terrorchilar tomonidan hujumlarda qo‘llanilgan, deya eslatadi The Times of Israel. Erkak bir necha soatlik so‘roqdan so‘ng qo‘yib yuborildi.
Falastinlik ozodlikka chiqqan, o‘z sahifasidan xabarni o‘chirib tashladi, bu bo‘yicha izoh berishdan esa bosh tortdi.
Mavzuga oid
18:30 / 22.09.2024
Isroil Livandagi peyjyerlar portlatilishiga birinchi marta izoh berdi
13:33 / 22.09.2024
«Hizbulloh» Isroil bo‘ylab 100 dan ortiq raketa uchirdi
22:04 / 21.09.2024
Portlovchi peyjyerlarni yetkazgan kompaniya bosh direktori g‘oyib bo‘ldi - Reuters
20:02 / 20.09.2024