Jahon | 15:10 / 23.10.2017
16228
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda Suriyadan qaytgan terrorchi qo‘lga olindi

Foto: RIA "Novosti"

Suriyada harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan Qirg‘iziston fuqarosi terrorchilikni targ‘ib qilish uchun vataniga qaytganida respublika maxsus xizmatlari tomonidan qo‘lga olindi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ)ning matbuot xizmati dushanba kuni shu haqida ma'lum qildi. 

"MXDQ xalqaro terrorchi tashkilotlar jangarilarining buzg‘unchi faoliyatini to‘xtatishga yo‘naltirilgan davomli terrorizmga qarshi tadbirlar davomida respublika fuqarosi 1986 yilda tug‘ilgan, jalolobodlik A.N.ni qo‘lga oldi", - deya xabar berildi matbuot xizmatida. 

MXDQ ma'lumotlariga ko‘ra, u 2015 yildan Suriyaning hukumat kuchlariga qarshi jangari amaliyotlarda ishtirok etgan. 

"Xalqaro terrorchi tashkilot rahbarlarining ko‘rsatmasiga binoan, terrorchi tashkilot bo‘g‘inini tashkil qilish hamda terrorchi hujumlarini amalga oshirish maqsadida Qirg‘izistonga kelgan", - deya ma'lum qilindi idorada. 

Hozirda qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida tergov-operativ ishlari davom ettirilmoqda. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid