Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Nord-Ost»: Dubrovkadagi teraktga 15 yil
23 oktabr kuni Moskvadagi Dubrovka teatr markazi terrorchilar tomonidan egallab olingan sanaga 15 yil to‘ldi. O‘sha fojiali hodisa natijasida 125 nafardan ortiq inson halok bo‘lgandi. O‘shanda chechenistonlik Movsar Barayev guruhi «Moskovskiy podshipnik» aksiyadorlik jamiyatiga tegishli Madaniyat uyini egallab olgan, bu paytda u yerda «Nord-Ost» myuzikli qo‘yilayotgan bo‘lgan. Hujumda 40 jangari ishtirok etgan, ular orasida ham erkaklar, ham ayollar bor edi. Egallab olish chog‘ida binoda 900 dan ko‘proq inson: artistlar, teatr markaziga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va tomoshabinlar bo‘lgan. Terrorchilar o‘z aksiyalari yordamida Rossiya armiyasi Checheniston hududidan olib chiqilishiga erishmoqchi bo‘lganlar.
26 oktabr kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi maxsus bo‘linmalari binoga hujum boshlashdi, shu bilan birga, ventilyatsiya shaxtalari orqali uxlatuvchi gaz yuboriladi. Rossiya huquqni muhofaza qilish idoralari deyarli barcha jangarilarni, jumladan Barayevning o‘zini yo‘q qilishgan, biroq gaz ta'siri tufayli garovda bo‘lganlarning ko‘pchiligi – kamida 130 kishi («Nord-Ost» xayriya tashkiloti a'zolarining fikricha, aslida 174 kishi hayotdan ko‘z yumgan) shifoxonada vafot etgan.
Metroning «Dubrovka» bekati yonidagi hodisalardan so‘ng qator yirik sud jarayonlari bo‘lib o‘tdi. 2003 yilda Moskva shahar sudi Zaurbek Talxigovni terrorizmga ko‘mak ko‘rsatish va Dubrovkadagi Madaniyat uyida odamlarni garovga olish bo‘yicha aybdor deb topib, uni 8,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. 2004 yilda esa Moskvaning Lefortovo sudi «Nijyegorodskiy» Ichki ishlar bo‘limi militsiya mayori Igor Alyamkinni yetti yillik qamoqqa hukm qildi, u chechenistonlik terrorchi ayol, teatr markazining egallab olinishida qatnashgan Luiza Bakuyevani poytaxtda ro‘yxatdan o‘tkazgan. 2014 yili esa Qrimda teraktga aloqadorlikda gumonlangan 41 yoshli Hasan Zakayev qo‘lga olindi. Moskva okrug harbiy sudi uni terrorchilarga qurol-yarog‘ va portlovchi modda yetkazib berishni tashkillashtirishda aybdor deb topdi, Zakayev 19 yillik qattiq rejimdagi koloniyaga mahkum etildi.
O‘sha fojiali kunlar hodisalari quyidagi fotojamlanmada taqdim etiladi.
Dubrovkadagi Teatr markazi yonida, 2002 yil 26 oktabr
Dubrovkadagi Teatr markazi binosi yonida
Terrorchilar tomonidan egallab olingan Dubrovkadagi Teatr markazi, 2002 yil 24 oktabr
Garovdagilarning qarindoshlari va do‘stlari Dubrovkadagi Teatr markazi yonida, 2002 yil oktabr
Garovdagilarning qarindoshlari hujum paytida Dubrovkadagi Teatr markazi yonida, 2002 yil 25 oktabr
Rossiya kuch tuzilmalari xodimi Dubrovkadagi Teatr markazi eshiklari oldida, 2002 yil 26 oktabr
Dubrovkadagi Teatr markazi yonida avtobuslar va yuk mashinalari kolonnasi, 2002 yil 24 oktabr
Dubrovkadagi Teatr markazida garovdagilarni ozod qilish paytida zirhli mashina, 2002 yil 26 oktabr
Dubrovkadagi Teatr markazi yonida harbiy xizmatchilar, 2002 yil 26 oktabr
Dubrovkadagi Teatr markazidan chiqish joyida Qizil Xoch xodimlari, 2002 yil 25 oktabr
Iosif Kobzon Dubrovkadagi Teatr markazi binosidan Buyuk Britaniya fuqarosi, Sergiyev Posadda yashovchi ayol, hamda uch qizchani olib chiqmoqda
2002 yil 23 oktabr
Rossiya kuch tuzilmalari xodimi terrorchilar tomonidan egallab olingan Dubrovkadagi Teatr markazi yonida, 2002 yil 25 oktabr
Rossiya kuch tuzilmalari xodimi Dubrovkadagi Teatr markazi yonida, 2002 yil 24 oktabr
Rossiya kuch tuzilmalari xodimi Dubrovkadagi Teatr markazi yonida, 2002 yil 24 oktabr
Rossiya kuch tuzilmalari xodimi Dubrovkadagi Teatr markazi yonida, 2002 yil 24 oktabr
Rossiya kuch tuzilmalari xodimi Dubrovkadagi Teatr markazi yonida, 2002 yil oktabr
Dubrovkadagi Teatr markazida odamlarni garovga olish yuz bergan kunning 13 yilligiga bag‘ishlangan motam aksiyasi, 2015 yil 26 oktabr
Terrorchilardan jabrlanganlar xotirasiga gullar, 2002 yil
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026