Toshkentda xalqaro paxta va to‘qimachilik yarmarkasi ochildi
Toshkentda XIII Xalqaro paxta va to‘qimachilik yarmarkasi boshlandi. Besh kunlik yarmarkada dunyoning 44 ta mamlakatidan 1,5 mingga yaqin mutaxassis ishtirok etmoqda.
Alohida mamlakatlarda paxta va to‘qimachilik sohalarini rivojlantirish, jahon paxta bozoridagi tendensiyalar, savdo, logistika hamda sug‘urta sohalari bo‘yicha 16 ta ochiq va maxsus mavzuga bag‘ishlangan sessiyalarni o‘tkazish rejalashtirilgan.
Paxta seleksion navlarini yaratish, paxta yetishtirish uchun qishloq xo‘jaligi texnikasi, uni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish uchun genetika hamda biotexnologiyalar bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilinadi. Paxtani dastlabki qayta ishlash sohasidagi muammolar va yutuqlarni ko‘rib chiqish, paxta tolasining sifatini baholash va uni to‘qimachilikda qayta ishlashga alohida e'tibor qaratiladi.
Yarmarka Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, «O‘zpaxtasanoateksport» XK, Fanlar akademiyasi, «O‘zbekengilsanoat» AJ, Tashqi savdo vazirligi, Respublika tovar-xomashyo birjasi, O‘zbekiston «Sifat» markazi va boshqa manfaatdor tuzilmalar ko‘magida tashkil etilmoqda.
2017 yil 23-27 oktabr kunlari Toshkent shahrida paxta bo‘yicha Xalqaro konsultativ qo‘mitaning «Globallashuv va texnologik taraqqiyot davrida paxta» mavzusi bo‘yicha 76-yalpi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
18:38
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024