Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Myanma musulmonlariga 22 millionga yaqin pul to‘pladi
Turkiyaning nodavlat tashkilotlari va oddiy fuqarolari Myanmadagi rohingya musulmonlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 800 milliondan ziyod turk lirasini (21,6 million dollardan ziyod) to‘plashdi. "Anadolu" agentligi Turkiya hukumati qarshisidagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning asoratlarini bartaraf qilish boshqarmasi (AFAD) rahbari Mexmet Gullu o‘g‘lining so‘zlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yordam pulini to‘plash "Arakan qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. Turkiya yordam qo‘lini cho‘zmoqda" aksiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Gullu o‘g‘lining yodga solishicha, Myanmadagi Arakan provinsiyasi aholisiga nisbatan zo‘ravonliklar 1980-yillarda boshlangan. O‘shanda Myanma hukumati yuz minglab musulmonlarni fuqarolikdan mahrum etgan va ularning muayyan qismi mamlakatdan qochishiga to‘g‘ri kelgan.
AFAD rahbarining ma'lum qilishicha, joriy yilning avgustidan rohingya musulmonlariga nisbatan zo‘ravonliklarning yangi to‘lqini boshlanganidan so‘ng Bangladeshdagi qochqinlar lagerini ikki marta borib ko‘rgan va u yerdagi gumanitar vaziyat bilan tanishgan.
"Men Keniya, Falastin, Suriya, Iordaniyaning suriyalik qochqinlar lagerlarida bo‘lganman va ochiq-oydin aytishim mumkinki, Bangladeshdagi lagerlar eng achinarli ahvolda. Turkiya Bangladeshda 100 ming kishilik qochqinlar lagerlarini qurishga tayyor ekanini bildirdi", - dedi Gullu o‘g‘li va Bangladesh dunyoning aholisi zich joylashgan eng qashshoq mamlakatlaridan biri hisoblanishini ta'kidladi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026