Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyenevada Myanma bo‘yicha donorlik anjumaniga start berildi
BMTning Jyenevadagi shtab-kvartirasida Myanmada zo‘ravonlik va bosimga duch kelgan rohingya musulmonlari vakillariga yordam berishga doir donorlik anjumaniga start berildi. "Anadolu" shu haqida xabar berdi.
Myanmadagi Arakan provinsiyasida yashovchi musulmonlar 25 avgustdan keyin Myanma armiyasi va buddistlar hujumlarining yangi to‘lqiniga duch kelishdi va qo‘shni Bangladeshga ommaviy tartibda qochishga majbur bo‘lishdi.
Anjuman tashkilotchilari - Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT), BMT Oliy komissarining Qochqinlar ishi bo‘yicha boshqarmasi va BMTning Gumanitar masalalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi idorasi. Muhokamalar Yevropa Ittifoqi va Kuvayt raisligi ostida o‘tmoqda.
Anjuman ochilishida qatnashgan BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha bosh kotib o‘rinbosari Arakan shtatida musulmon aholiga nisbatan shafqatsizliklar davom etayotganini ma'lum qildi.
"Musulmonlar Bangladeshdan o‘z uylariga qaytishlari mumkin bo‘lishi uchun, birinchi navbatda, Arakandagi zravonliklarni to‘xtatish zarur. Xalqaro hamjamiyat har qachongidan-da ko‘proq Arakan muammosiga e'tibor qaratmoqda. Umid qilamanki, bundan keyin ham shunday bo‘ladi", - deya ta'kidladi u.
Grandi xalqaro hamjamiyat va donorlarni rohingya musulmonlarining favqulodda ehtiyojlarini qoniqtirish uchun mablag‘ ajratishga chaqirdi.
Mavzuga oid
15:48 / 10.06.2026
Jyenevada O‘zbekistonning bolalar mehnatiga qarshi kurashdagi yutuqlari yuqori baholandi
10:51 / 24.02.2026
AQSh va RF Jyenevada yadroviy qurollar bo‘yicha shartnomani muhokama qildi
09:27 / 19.02.2026
Rossiya va Kiyev delegatsiyalari Jyenevadan uchib ketishdan oldin yana bir bor uchrashdi
08:29 / 19.02.2026