Jahon | 18:00 / 24.10.2017
4509
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiyaning Idlibdagi harbiy amaliyoti o‘z maqsadiga erishganini aytdi

Foto: © AFP 2017

Turkiya qurolli kuchlarining Idlibdagi amaliyoti qo‘yilgan maqsadlarga erishdi, endi kun tartibida Afrindagi amaliyot turibdi, deya ma'lum qildi prezident Toyyib Erdo‘g‘an Anqarada seshanba kuni.

Avvalroq Turkiya bosh shtabi turk harbiylari Suriyaning Idlibida kuzatuv punktlarini tashkil etishga kirishishgani haqida xabar bergandi. Bu Ostonada erishilgan keskinlikdan xoli hududlar bo‘yicha kelishuv doirasida amalga oshiriladi. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, amaliyotning maqsadi tinch aholini himoya qilish bo‘lgan. Damashq esa Anqaradan viloyatdan qo‘shinlarini darhol olib chiqib ketishni talab qildi.

"Turkiya qurolli kuchlarining Idlibdagi amaliyoti qo‘yilgan maqsadlariga erishdi. Endi kun tartibida Afrin masalasi turibdi. Biz o‘zimizning xavfsizligimizni himoya qilishga qat'iy bel bog‘laganmiz. Men aytgandim: biz kechqurun kutilmaganda kelishimiz va zarba berishimiz mumkin", - dedi Erdo‘g‘an hukmron Adolat va rivojlanish partiyasining parlamentdagi fraksiyasi oldida chiqish qilib.

Afrin ayni damda Turkiya terrorchilik tashkiloti sifatida ko‘radigan suriyalik kurdlar o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari tomonidan nazorat qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid