Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX raqibi 2018 yilda uch kosmik parvozni amalga oshiradi
SpaceX'ning asosiy raqibi Vector aerokosmik kompaniyasi 2018 yilda Virjiniya shtatidagi NASA kosmodromidan uch raketa parvozini amalga oshiradi. Vaqt o‘tgan sayin ularning soni yiliga oshib boradi, deb yozadi CNBC.
Raketaning ilk parvozi 2018 yilning iyuliga rejalashtirilgan. Ijrochi direktor Jim Kantrellning so‘zlariga ko‘ra, shartnoma besh qo‘shimcha parvozni ham ko‘zda tutadi. Vector-R — mikroyo‘ldoshlarni ishga tushirishga mo‘ljallangan uncha qimmat bo‘lmagan raketa, u 5 yildan keyin 7,5 milliard dollar hajmga ega yangi bozorni hosil qilishi mumkin.
Uni ishga tushirish 3 million dollarni tashkil qiladi - bu ancha arzon. Vector-R'ning qo‘shimcha ustunligi — uning mobilligida. Uni ishga tushirish uchun faqatgina beton maydon kerak bo‘ladi - bu esa aerokosmik uskuna uchun minimal infratuzilmadir.
Kantrellning so‘zlariga ko‘ra, hozircha yagona muammo - sun'iy yo‘ldoshlarni qutb orbitalariga chiqarishda. Buning uchun Virjiniyadagi kosmodromdan Alyaskadagi Kadyak oroliga ko‘chishga to‘g‘ri keladi.
Kompaniya birinchi mijozlar bilan so‘nggi muzokaralar bosqichida. "2018 yildagi ilk startlarimiz uchun 4 kompaniya bilan shartnoma imzolayapmiz", - deydi Kantrell. Uning so‘zlariga ko‘ra, tez orada Vector Arizona shtatining Tusona hududida 3,7 ming kvadrat metr maydonli zavodiga ega bo‘ladi.
Vector Kremniy vodiysidagi eng mashhur venchur kompaniyalardan biri Sequoia tomonidan moliyalashtiriladi. Bugungi kunda unga safarbar etilgan investitsiyalar hajmi taxminan 31 million dollarni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
09:59 / 29.05.2026
Jyeff Bezosning Oyga uchadigan raketasi sinov parvozi oldidan portlab ketdi
08:05 / 05.05.2026
12 mingta surat: NASA Artemis-II missiyasining to‘liq fotoarxivini e’lon qildi
16:13 / 18.04.2026
“Qo‘rquv bo‘lishi tabiiy, ammo bu sizni to‘xtatmasin”, - 17 yoshida NASA va SpaceX bilan kosmik loyihani amalga oshirgan Akbar hikoyasi
20:59 / 16.04.2026