Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti Nurafshon shahrida joylashadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni chiqardi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatining ma'muriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 20 iyuldagi PQ-3142-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:
Quyidagilar: Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamentining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti xodimlari mehnatiga xaq to‘lash razryadlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Toshkent viloyati hokimiga, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san'at. va turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti bilan kelishgan holda Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy shtatdagi soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish xuquqi berildi.
Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Departament xodimlarining shtatlar jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Departamentni yuklangan vazifalarning yuqori tashkiliy va professional darajada bajarilishini ta'minlashga qodir bo‘lgan malakali kadrlar bilan butlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Departament faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi.
Departament Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent ko‘chasi, 92-uy manziliga joylashtiriladi.
Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari hokimliklari:
bir oy muddatda Departament hududiy bo‘linmalari tegishli tuman (shahar) hokimliklari binolarida joylashtirilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat ko‘mitasining tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda tadbirkorlik sub'yektlariga turistik yo‘nalishlar va asosiy yo‘l yokalarida yo‘lbo‘yi turistik infratuzilma obektlari qurish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga asosan, keyinchalik ular tarkibida axborot markazlarini bepul joylashtirish sharti bilan yer maydonlari ajratilishini ta'minlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Departamentga 4 ta avtotransport vositasini, shu jumladan 1 ta yengil va 3 ta maxsus (yo‘ltanlamas) avtotransport vositasini saklash uchun limit ajratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda yo‘lbo‘yi turistik infratuzilma obektlariga qo‘yiladigan hamda turistlar uchun barcha zarur qulayliklar majburiy bo‘lishini nazarda tutadigan namunaviy talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-xuquqiy xujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradilar.
Mazkur karorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisi A.Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.Otajonov va Toshkent viloyati hokimi Sh.Babayev zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026