Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston bosh vaziri Qirg‘iziston bilan chegaradagi vaziyatga izoh berdi
Qozog‘iston bosh vaziri Boqijon Sagintayev Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida Qirg‘iziston-Qozog‘iston va Rossiya-Qozog‘iston chegaralaridagi vaziyatga to‘xtaldi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda chegarada amalga oshirilayotgan ish «atayin Qirg‘izistonga qarshi qaratilmagan».
«Qozog‘istonning soliq tarkibiy qismidagi yo‘qotishlarni kamaytirish va kontrabanda darajasini kamaytirishdan boshqa maqsadlari yo‘q. Bu ittifoq bo‘yicha boshqa do‘stlarimizga ham tegishli», - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston ikki davlat o‘rtasidagi yo‘l xaritasi ustida ishlamoqda. «43 ta band bo‘yicha to‘la tushunishga egamiz. Kelajakda xizmatlarimiz ularni amalga oshirish ustida ishlaydi», - degan Sagintayev.
U Xitoydan YeOII mamlakatlariga tovar yetkazib berishga oid vaziyat haqida qisqacha ma'lumot berdi. Unga ko‘ra, YeOII davlatlarining 2016 yilda importi 201 milliard dollarni tashkil etgan. Shu bilan birga, eng katta ulush Xitoyga to‘g‘ri keladi - 22,7 foiz. Joriy yilning 7 oyi davomida ham shunday holat kuzatilgan.
«2014-2016 yillar uchun bojxona bojining kelib tushishi dinamikaning tahlili shuni ko‘rsatadki, u ittifoqning Qirg‘izistondan tashqari barcha davlatlarida kamaygan. Eng ko‘p yo‘qotish Qozog‘istonda - 18,9 foiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Qozog‘iston Vazirlar Mahkamasi rahbari olib kirilayotgan iste'mol tovarlari (kiyim va poyabzal) aholi jon boshiga nisbatan nomutanosib ekanini aytdi. Misol uchun, Qirg‘izistonga kiyim-kechak Qozog‘istondan ko‘ra ko‘proq olib kiriladi.
Uning eslatishicha, Qozog‘iston 2016 yilda bojxona ma'muriyatchiligining yetarli darajada emasligi haqidagi masalani bir necha bor ko‘targan.
«Qirg‘iziston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi xizmatlari o‘rtasida 2017 yil 5 iyun kuni Xitoydan tovarlar olib kirish vaqtida noto‘g‘ri deklaratsiyalashni oldini olish maqsadida qo‘shma tadbirlar rejasi imzolandi. Biroq, Qirg‘iziston tomonining rejalashtirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirmaganligi tufayli u yetarli darajada effekt bermadi», - deydi Boqijon Sagintayev
Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isoqovning ta'kidlashicha, qirg‘iz tomoni alohida bayonot beradi. «Bizning ham aytadigan gapimiz bor. Ko‘p kilometrlik navbatlar nafaqat Qirg‘iziston, balki Qozog‘iston va uchinchi davlatlar fuqarolarining g‘azabini keltirib chiqarmoqda», - degan u.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026